Ichki ishlar vaziriga murojaat qilgan fuqaro o‘z ishiga qayta tiklandi

1 daqiqa o'qish6.7K
Ichki ishlar vaziriga murojaat qilgan fuqaro o‘z ishiga qayta tiklandi
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Oliy Sud, Davlat bojxona va Soliq qo‘mitalari raislari uch kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida, mehnat jamoatlarida sayyor qabullar o‘tkazdi, deb xabar berdi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

Ushbu sayyor qabulda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziriga murojaat qilgan fuqaro o‘z ishiga qayta tiklanishiga muvaffaq bo‘ldi.

Ko‘p yillardan buyon Ichki ishlar organida xizmat qildim. 2012 yilda bilib-bilmagan holda o‘zim boshqargan mashinani avariya qildim. Shu bois ishdan olingan edim. Vazir qabulida bo‘lib, masalani tushuntirib, ishga qayta qabul qilishni iltimos qilgandim. Murojaatim qanoatlantirilib, Ichki ishlar organiga qayta ishga olinadigan bo‘ldim. Bundan quvonchim cheksiz.

Muzaffar Saburov, ichki ishlar xizmati kapitani.


Ish bilan ta’minlash masalasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga murojaat qilgan Mo‘ynoq tumanida istiqomat qiluvchi Inamjan Opaev esa Majburiy ijro byurosiga ishga qabul qilingan, shuningdek, Mo‘ynoq va Tiko‘zak qishloq punktlari orasida yo‘lovchilar avtotransporti yo‘nalishini yo‘lga qo‘yishni so‘ragan fuqarolarning ham murojaati qanoatlantiriladigan bo‘ldi.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?