“Axmadboy ishi”ning tafsilotlari: 13 milliard 139 million so‘m va 7 million 900 ming AQSh dollari musodara qilindi

1 daqiqa o'qish12.6K
“Axmadboy ishi”ning tafsilotlari: 13 milliard 139 million so‘m va 7 million 900 ming AQSh dollari musodara qilindi
9 avgust kuni Toshkent viloyat sudida xalq orasida Ahmadboy ismi bilan tanish bo‘lgan Ahmadjon Tursunboyev hamda uning 6 nafar sherigi ishi bo‘yicha olib borilgan sud tinglandi.

Sudda Ahmadjon Tursunboyev tashkil etgan “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” firmalari faoliyatidan zarar ko‘rgan 11 nafar jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi.

Ahmadjon Tursunboyevga Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. U 177-moddaning (valyuta qimmatliklarining noqonuniy xarid qilinishi yoki sotilishi) “a”, “b” bandlari, 188-modda (Davlat ro‘yxatidan o‘tmay tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘ta yirik miqdorda nazoratsiz daromad olish), 189-modda (Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddaning (Litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) “a”, “v” bandlari bilan ayblanmoqda.

Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklari 2016 yilda Chinoz tumanida qo‘lga olingan edi. Ushbu jinoiy to‘da odamlardan ikki barobar qilib qaytarishni va’da qilib, katta miqdordagi omonat mablag‘larini milliy hamda xorijiy valyutada olgan. Bundan tashqari, foiz hisobida odamlarga xorijiy valyutada qarz bergan.

Ahmadjon Tursunboyev hamda yaqin qarindoshlarining uylaridan 13 milliard 139 million so‘m va 7 million 900 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ borligi aniqlandi va bu pullar daliliy ashyo sifatida musodara qilindi. Shuningdek, Ahmadboyning garajida Cadillac Escalade, BMW, Lexus kabi qimmatbaho avtomobillar topildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?