18:30 / 13.08.2017
6 431

«U mablag‘larni ikki hissa ko‘paytirib beradi, deyishardi». Ahmadboyning firmalaridan zarar ko‘rgan 11 jabrlanuvchining ko‘rsatmalari tinglandi

«U mablag‘larni ikki hissa ko‘paytirib beradi, deyishardi». Ahmadboyning firmalaridan zarar ko‘rgan 11 jabrlanuvchining ko‘rsatmalari tinglandi
Avval xabar berganimizdek, jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent viloyat sudida 9 avgust kuni Ahmadboy nomi bilan mashhur Ahmadjon Tursunboyev hamda uning olti nafar sherigi gumondor sifatida ko‘rilayotgan ish bo‘yicha sud eshituvlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Tursunboyev ta’sis etgan «Chinoz halol chorva» va «Chinoz avto hamkor» firmalari faoliyatidan zarar ko‘rgan 11 jabrlanuvchining ko‘rsatmalari tinglandi. Bu haqda «UZ24» nashriga tayanib «Daryo» sayti yozmoqda.

Farg‘ona vodiysidan kelgan 60 yoshli J. Komiljonova birinchi bo‘lib ko‘rsatma berdi. Uning aytishicha, u Tursunboyev va uning firmasi haqida o‘z mahallasida uchratib qolgan odamlardan eshitgan — ular uydan katta miqdorda pul olib chiqayotgan bo‘lgan. Ayol ulardan n summasidagi mablag‘ni qanday qilib qo‘lga kiritish mumkinligi haqida qiziqqan. Shundan so‘ng Komiljonova Ahmadboyning firmasiga 800 dollar kiritgan — unga 10 oy ichida summani ikki karra miqdorda qaytarib berishni va’da qilishgan. Kassa ishchilari unga berilgan summa haqida qog‘ozcha chiqarib bergan. Ammo uch oydan so‘ng firma yopilgan.

Yana bir jabrlanuvchi, andijonlik 49 yoshli R. Hamroyevaning so‘zlariga ko‘ra, u va uning oilasida turar-joy bo‘yicha muammolar bo‘lgan. Ular o‘z mashinasini sotib, tushgan pul (4000 dollar)ni 2016 yil fevralida foiz evaziga Tursunboyevning firmasiga kiritgan. Firma vakillari unga 8000 dollar qaytarishga va’da bergan. Hamroyeva olishga ulgurgan foizlarning umumiy summasi 4800 dollarni tashkil qilgan.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 71 yoshli X. Mirsolihova sudda gapirib berishicha, Ahmadboy haqida eshitgach, uyini sotib, 20 ming dollarni foiz olib turish uchun uning firmasiga topshirgan. Va’da qilingan foizlarni olish uchun kelganida esa bino qurshab olingani va hamma joyda «askarlar bo‘lgani»ni aytdi. Ahmadboyning o‘zi unga uyini majburan sotgan-sotmaganligi haqida savol berdi, bunga Mirsolihova salbiy javob qildi.

Shu tariqa, qolgan jabrlanuvchilarning barchasi o‘z ko‘rsatmalarini berdi.

Sud majlisida qatnashgan advokatlar jabrlanuvchilardan qanday qilib ular o‘zlari tanimaydigan odamlarga pullarini topshirgani, nima uchun firmaning faoliyatidan shubhalanmagani haqida savol berdi. Ular esa «qo‘shnilarga qarab», «hamma Ahmadboyni mablag‘larni ikki hissa ko‘paytirib beradi, deyishardi», «odamlar pogonli bo‘lgani uchun ishondik» qabilida javob qilishdi.

«Ahmadboy ishi» bo‘yicha uchinchi sud eshituvi 14 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «U mablag‘larni ikki hissa ko‘paytirib beradi, deyishardi». Ahmadboyning firmalaridan zarar ko‘rgan 11 jabrlanuvchining ko‘rsatmalari tinglandi