7 265
"Asosiy vazifamiz – so‘mga jamg‘arish funksiyasini qaytarish". Moliyachi ekspert 50 ming so‘mlik yangi kupyura muomalaga kiritilishi haqida
Kuni kecha Markaziy bank 22 avgustdan 50 ming so‘mlik yangi banknota muomalaga kiritilishini ma’lum qildi. Yangi pul kupyurasini chiqarishdan maqsad nima va bu mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir o‘tkazadi? Bu bo‘yicha UZ24 sayti moliyachi Aleksandr Davletovdan blis-intervyu oldi.
— Nega 20 minglik yoki 100 minglik emas, aynan 50 ming so‘mlik pul birligi chiqarildi?
— Aholining hisob-kitoblarini jadallashtirish va optimallashtirish uchun. 50 ming so‘mlik kupyura matematik parametrga ko‘ra 20 minglikdan nisbatan qulaydir. Bu erda asosiy vazifa shuki, so‘mga jamg‘arish funksiyasini qaytarishdir. Ya’ni odamlar nihoyat so‘mda mablag‘ jamg‘arishlari mumkin.
— Yangi kupyurani joriy etishning qanday afzalliklari bor?
— Bevosita hech qanday afzalligi yo‘q, faqat bilvosita. Masalan, savdo sub’ektlarining tranzaksiyaviy xarajatlari, pullik xizmatlari va banklar kamayadi.
— Oziq-ovqat va iste’mol bozori mahsulotlari hamda xizmatlar qimmatlashishi mumkinmi?
— Yo‘q, qimmatlashmaydi. Yangi yirik nominaldagi kupyura pul emissiyasini bildirmaydi, 10 ming va 5 ming so‘mlik kupyura o‘rnini 50 ming so‘mlik egallaydi, xolos. Pul miqdori o‘zgarmaydi.
— Bu banklarda naqd pul muomalasiga qanday ta’sir o‘tkazadi? Oylik maoshlarning plastik kartaga o‘tkazilishida olinadigan foizlarni kamayishiga yordam beradimi?
— Bevosita ta’sir etmaydi. Kartochkaga o‘tkazishdagi foizlar bosqichma-bosqich ixtiyoriy bo‘ladi. 5 minglik va 50 minglik kupyura bu jarayon uchun hech qanday ahamiyatga ega emas.
— Yangi kupyura chiqishi “qora” bozordagi dollar kursiga ham ta’sir o‘tkazmaydimi?
— Yo‘q, ta’sir o‘tkazmaydi. Dollar kursi “qora” bozorda kupyura masshtabini emas, balki butunlay boshqa faktorlarni aniqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi