“Menga halovat yo‘lini ko‘rsating...”. To‘y qilib qarzga botgan ota ulamolarga yuzlandi

1 daqiqa o'qish6.4K
“Menga halovat yo‘lini ko‘rsating...”. To‘y qilib qarzga botgan ota ulamolarga yuzlandi
Bugunning mavzusi sir emaski, to‘y-hashamlar bilan bog‘liq og‘riqli muammo bo‘lib qoldi. Aslida-ku, bu muammo asrlar muqaddam ko‘tarilgan va uning ayanchli oqibatlari haqida bashorat qilingandi. Ming taassufki, bu oqibatlar bugunga kelib, o‘z aksini chunonam ko‘rsatdiki, davlat rahbari darajasida tilga olindi.

Yaqinda O‘zbekiston musulmonlari idorasiga bir savol yo‘llanibdi. Uning mazmuni bilan tanishar ekansiz, bir yig‘lagingiz keladi, bir kulgingiz. Emishki, ota bechora o‘g‘lini uylantirish uchun Xalq bankidan kredit olgan. Bugunga kelib, nima qilarini bilmay boshi qotgan. Chunki mavjud tartib-qoidalarga ko‘ra, olingan pul o‘z vaqtida qaytarilishi kerak-da. Xullas, nima qilarini bilmagan ota musulmonlar kengashidan maslahat va yordam so‘rab maktub yo‘llagan. O‘MI fatvo hay’ati esa quyidagi tartibda javob yo‘llagan:

“Ming afsus, shariatdan xabari yo‘q ko‘pchilik insonlar qarzga to‘y qilib, keyin qiynalib yurishadi. Aslida, imkoniyatdan kelib chiqib, kamtarona to‘y qilish va ortiqcha orzu-havasga berilmaslik kerak edi. Qarzdan qutulish uchun ushbu duoni o‘qish ham tavsiya qilingan:

«Qulillaahumma maalikal-mulki tu’til-mulka man tashaa-u va tanzi’ul-mulka mimman tashaau, va tu’izzu man tashaau va tuzillu man tashaa-u biyadikal-xoyru. Innaka ’ala kulli shay’in qodiyr». «Rohmanad-duniya val-oxirati va rohiymahumaa tu’tiy minhumaa man tashaau iqzi ’annii dayniy».


Shu o‘rinda biroz tafakkur qilsak. Bandasi boshiga ish tushmaguncha, musibat bilan qarama-qarshi bo‘lmaguncha barchasiga o‘zi qodir, deb o‘ylab yuradi. Hech qanday nasihat va maslahat unga kor qilmaydi. Ammo ruhiy va jismoniy qiynalib qolgach, alal-oqibat baribir Allohga yuzlanadi. Holbuki Yaratgan Egasi bu muammolarning oldini olish uchun ko‘plab oson yo‘llarni ko‘rsatib qo‘ygan. Buning uchun o‘zni hurmat qilib, qo‘lga kitob olib, “qani bobolar nima degan, olimlar nima degan, hayotiy misollarda nima deyilgan”, deb ma’rifati, ma’naviyatini oshirishi kerak bo‘ladi. Ammo bandasi baribir qiyinini tanlaydi. Shu bilan nafaqat o‘zini, balki yon-atrofdagi o‘zgalarni ham azobga qo‘yadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?