Shavkat Mirziyoyev militsiya faoliyati ustidan prokuror nazoratini o‘rnatdi

1 daqiqa o'qish7.2K
Shavkat Mirziyoyev militsiya faoliyati ustidan prokuror nazoratini o‘rnatdi
Prokuraturaning asosiy vazifalaridan biri ichki ishlar organlari qonunlarni qanday ijro etayotganini nazorat qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda ular bilan faoliyatni muvofiqlashtirishdan iborat. Lekin ayrim prokuratura xodimlari tanish-bilishchilik tufayli bu vazifani vijdonan ado etmayapti, deb ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari vakillari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida.

Yig‘ilishda ayrim hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarni barvaqt aniqlash ishlari qoniqarli emasligi qayd etildi. Masalan, respublika bo‘yicha jinoyatchilik ko‘rsatkichlari kamaygan, lekin Samarqand viloyatida oshib ketgan. Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari ko‘paygan.
Joylarda profilaktika masalasiga yetarlicha e’tibor berilmayapti: Samarqand viloyatida sodir etilgan 49 ta qotillikdan 14 tasi, Jizzax viloyatida 10 tadan 4 tasi, Navoiy viloyatida 10 tadan 3 tasi, Qashqadaryoda 30 tadan 6 tasining oldini olish uchun to‘liq imkoniyatlar mavjud bo‘lgan — mahalla faollari va profilaktika inspektorlari muayyan jinoyat ehtimolidan boxabar bo‘lsa-da, biror chora ko‘rmagan.

Hududlarda ishlar xo‘jako‘rsinga, faqat qog‘oz uchun bajarilayotgani oqibatida vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmayotgani aytildi.
«Hududlarda ichki ishlar organlari faoliyatida kamchiliklar yuzaga kelib, uzoq muddat yechilmayotganida ma’lum ma’noda tuman va shahar prokurorlarining ham aybi bor. Prokuraturaning asosiy vazifalaridan biri ichki ishlar organlari qonunlarni qanday ijro etayotganini nazorat qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda ular bilan faoliyatni muvofiqlashtirishdan iborat. Lekin ayrim prokuratura xodimlari tanish-bilishchilik tufayli bu vazifani vijdonan ado etmayapti. Bir so‘z bilan aytganda, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan prokuror nazorati yetarli darajada o‘rnatilmagan», — dedi Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan Bosh prokuratura rahbariyatiga ichki ishlar organlari faoliyati ustidan samarali prokuror nazorati o‘rnatish va prokurorlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishni ta’minlash vazifasi topshirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.


Manba: Hordiq.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?