Toshkentdan Urganchga qatnovchi tezyurar poyezd uchun 355 kilometrlik temir yo‘l liniyasi birlashtirildi

1 daqiqa o'qish7K
Toshkentdan Urganchga qatnovchi tezyurar poyezd uchun 355 kilometrlik temir yo‘l liniyasi birlashtirildi
1-sentyabr kuni Buxoro viloyatining cho‘l hududida 355 kilometrlik «Buxoro-Miskin» liniyasining so‘nggi bir necha o‘n metri yotqizildi. Bunyod etilayotgan temir yo‘lning ikki bo‘lagini birlashtirish ishlari 147- va 148-kilometrlar o‘rtasida amalga oshirildi, deya xabar bermoqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda, mazkur temir yo‘l liniyasining qurilishi 2016-yil dekabrida bir vaqtning o‘zida Buxoro tumani va Qoraqalpog‘istonning Miskin posyolkasida boshlangan edi. Yangi liniya bo‘ylab lokomotiv o‘tdi. Birinchi bosqichda u orqali yuk tarkiblari harakati yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha qiymati 283,1 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Loyihaning ikkinchi bosqichida liniya tezyurar Afrosiyob poyezdi harakatlanishi uchun elektrlashtiriladi. Liniya ishga tushishi bilan Toshkent va Urganch o‘rtasidagi masofa 75 km ga qisqaradi. Hozirda poyezdlar Xorazm poytaxtiga «Navoiy-Uchquduq-Miskin» yo‘nalishi bo‘ylab qatnamoqda. Umumiy masofa esa 1064 km.

Shu o‘rinda qo‘shimcha qilish kerakki, yangi liniyani barpo etishda 121 ta sun’iy inshoot, 12 ta ko‘prik va 6 ta yo‘l o‘tkazgich, 5 ta stansiya va 5 ta razezd qurildi. 1500 dan ortiq ishchi va mutaxassislar hamda 1000 dan ortiq texnika va mexanizmlar jalb qilindi. Tuproq ishlari hajmi 21,2 million kub metrni tashkil etdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmatining qayd etishicha, ayni paytda mamlakatdagi temir yo‘llarning umumiy uzunligi «Buxoro-Miskin» liniyasini hisobga olmaganda 6500 km ni tashkil etadi.

Manba: «UzReport»
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?