Biznes-ombudsman faoliyati uchun qo‘shimcha kafolatlar oldi

1 daqiqa o'qish5.2K
Biznes-ombudsman faoliyati uchun qo‘shimcha kafolatlar oldi
14.09.2017 yildagi O‘RQ–446-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 223 va 239-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga ushlab turish va qamoqqa olishga nisbatan immunitet taqdim etildi. Bu haqda Norma.uz sayti xabar berdi.

Vakil ushlanishi va ichki ishlar organlari yoki boshqa huquqni muhofaza qilish organiga yetkazilishi mumkin emas. Ushbu taqiq jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ushlangan holatlarga tatbiq etilmaydi.

Biznes-ombudsmanga nisbatan faqat Prezidentning shaxsiy roziligi bilan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanishi mumkin.

Ta’kidlab o‘tamiz, mazkur choralarni qo‘llanilishi uchun davlat rahbarining roziligi zarurati qonunda birinchi marotaba ko‘zda tutilmoqda. Shu kabi immunitetlardan foydalanadigan boshqa mansabdor shaxslar (deputatlar, sudyalar, ombudsman) bungacha tegishli vakillik yoki sud organlarining roziligi bilan qamoqqa va uy qamog‘iga olinar edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?