
Antaliya shahri xavfsizlik boshqarmasi 12 nafar xorij fuqarosini deportatsiya qilish haqida qaror qabul qildi. Ular Antaliyaning ikki tumani hududida fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlangan. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.
Ikki oy davomida olib borilgan kuzatuvlardan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari maxsus operatsiya o‘tkazgan. Natijada politsiya shahardagi mehmonxona va bir qancha xususiy uylarda O‘zbekiston, Rossiya, Moldova fuqarolari bo‘lgan 3 nafar hamda qirg‘izistonlik 9 nafar qizni qo‘lga olgan.
Avvalroq Antaliyada fohishalik bilan kurashish haftaligi doirasida yirik reydda 100 kishi ushlangani xabar qilingan edi.
Unda 84 nafar qiz-juvonlar qo‘lga olingan bo‘lib, ulardan:
- 22 nafar — Qirg‘iziston;
- 20 kishi — Turkiya;
- 14 nafar — O‘zbekiston;
- 9 nafar — Gruziya;
- 5 nafar — Rossiya;
- 4 kishi — Ukraina;
- 3 nafar — Dominikan;
- 2 nafar — Moldova;
- 2 nafar — Eron;
Tibbiy tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng 3 nafar ayolda OITS kasalligi aniqlangani xabar qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar