Namangandagi kollej ko‘ngilxushlik uchun “g‘aroyib maskanga" aylandi va IIB xodimi esa voqeani yashirdi...

1 daqiqa o'qish11.2K
Namangandagi kollej ko‘ngilxushlik uchun “g‘aroyib maskanga" aylandi va IIB xodimi esa voqeani yashirdi...
Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi 3 nafar yigit 2 nafar yengiltak qizlar bilan navbatdagi “ko‘ngilxushlik” uchun “g‘aroyib maskanni” topishdi...

Ijaraga olingan “joy”, birinchi marta bo‘lmasa kerak, Chortoq tumanidagi Koroskon iqtisodiyoti kolleji qorovuli tomonidan “tayyor” qilib qo‘yilgandi.

Qorovulxona — spirtli ichimliklar ichiladigan “uchrashuv” joyi, kollej kutubxonasini esa islovotxonaga aylantirgan 4 erkak va 2 nafar ayolning ko‘ngilxushligi uzoqqa cho‘zilmadi.

Hududning militsiya profilaktika inspektori Shuhrat Ismatullayev boshchiligidagi guruh “ijarachi” qorovulni ham, ta’lim maskanini bulg‘ashga kelgan “oshiq-ma’shuq”larni ham sharmandali holatda qo‘lga oldi.

Bu haqda “Postda” gazetasining 7 oktyabr sonida e’lon qilingan maqolada batafsil bayon qilingan.

Eng qizig‘i shundaki, huquq-tartibot posbonlari: Ikrom Jo‘rayev va inspektor Shuhratjon Ismatullayev huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda jinoiy ish ochish va sodir bo‘lgan voqea-hodisani tegishli tartibda rahbariyatga ma’lum qilish o‘rniga, ikki yengiltak qizni qo‘yib yuborgan, uch yigitga esa pora evaziga “ishni yopish”ni taklif qilgan.

Yigitlardan biri 100 dollar evaziga jinoiy ish ochilishidan “qutulib” qolgan.

Ikkisidan esa ma’lum miqdordagi pul talab qilingan, ammo yigitlar “bugun-erta”, “bori shu” qilavergach, militsiya inspektorlari holi-joniga qo‘ymay qo‘ng‘iroq qilavergach, tamagirlik holati haqida huquq idoralariga xabar bergan.

Hozirda militsiya nozirlari tamagirligi bois jazoga tortilgani xabar qilinmoqda.

Ta’lim maskanini fohishaxonaga aylantirgan yigit-qizlar hamda ularga “sharoit” yaratib bergan qorovul ham tegishli tartibda jazoga tortilgan, deb umid qilamiz.

Manba: Qalampir.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?