Sergelida “pichoqlangan qiz voqeasi"ning videosi tarqaldi

1 daqiqa o'qish10.2K
Sergelida “pichoqlangan qiz voqeasi"ning videosi tarqaldi
Jabrlangan qiz sud qaroridan norozi ekanini ijtimoiy tarmoqlarda bildirmoqda, deb yozadi Qalampir.uz
Avvalroq, Toshkent shahrining Sergeli tumanida mast holdagi noma’lum shaxs bir qizni pichoqlab, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergandik.

27 iyul kuni soat taxminan 10:30 larda Sergeli tumani hududida joylashgan “Rixsivoy” kafesida mast holda fuqaro Lyudmila Petrovna Mironovaning ko‘krak qafasi chap tarafiga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazgani aytilgan edi.
Sergelida bo‘lib o‘tgan qurolli olishuv oqibatida bir qizning jarohat olgani tasvirlangan videolavhalar tarqatildi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu jinoyat ishi yuzasidan ma’lumotlarni ma’lum qilgan edi. Ushbu jinoyat ishi aks etgan videolavhalar kafe ichida o‘rnatilgan kuzatuv kameralaridan olingan.

Lavhada qizlar hazillashib ko‘chada o‘zaro suv sepishgan. Boshqa bir sheriklarini suv sepaman deb savdo do‘koni ichida bo‘lgan notanish odamga suv sepadilar. Bundan g‘azablangan erkak ko‘chada turgan qizlarni tepishga harakat qiladi. Biroq qizlar va bir nafar ular tomonidagi erkak suv sepilgan shaxsga qarshi qo‘l ko‘taradi.
Oqibatda suv sepilgan shaxs cho‘ntagidan pichoq olib qizning yelkasiga sanchadi. Ushbu holatda qizning spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani aniqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda jabrlangan qiz, o‘ziga jarohat yetkazgan shaxsga nisbatan chiqarilgan qarorning adolatsiz ekanini aytgan.
Biroq jabrlanuvchi va uning “sheriklari” jamoat joyida o‘zlarini ahloqsiz ravishda tutganliklari haqida “lom-mim” deyishmagan, aniqrog‘i bo‘lib o‘tgan voqea-hodisada ularning ham beozor ko‘rinsada “kurakda turmaydigan qiliqlari” borligini tan olishmagani hayratlanarli.

Ma’lumot uchun, jinoyat ishi yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismiga asosan uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?