Faqat 18+! Bizni isnodga qoldirayotgan ahloqsizlikning tub ildizi qayerda?

2 daqiqa o'qish6.1K
Faqat 18+! Bizni isnodga qoldirayotgan ahloqsizlikning tub ildizi qayerda?
Kecha saytimiz sahifalarida e’lon qilingan bir maqola yuzasidan tahririyatimizda ikki-uch xil fikrlar “to‘qnashuvi” sodir bo‘ldi...
Namanganda o‘z nafsining quli bo‘lgan profilaktika noziri jinoyatni yashirib, ta’magirlik uchun qo‘lgan tushgani haqidagi maqoladan xabardorsiz.

Bahs — jinoyatchilikka qarshi kurashgan xodimning jinoyatga yo‘l ochib bergani, kerak bo‘lsa (taxminimcha), bu kabi ishlarni avval ham sodir etib, ahloqsizlikka yo‘l qo‘ygan ayrim yoshlardan “pul o‘ndirib” yurgani yoki, masalaga boshqacharoq yondashilsa, 5 nafar ahloqsizlarning “ko‘ngilxushligiga” imkon yaratgan kollej qarovulining qilmishi xususida bo‘ldi.

Bu o‘rinda ahloqsizlik qilib, el-yurtga sharmanda bo‘lgan 3 nafar yigit va ikkita yengiltak qizning xatti-harakatlari, jirkanch ishlari — bahs-munozalarning “cho‘qqisida” bo‘ldi.

To‘g‘risi, ta’lim maskanining “ahloqsizlik markazi”ga aylantirilgani dilimni xufton etdi! Umuman, ahloqsizlik, fohishabozlik ishtirok etgan voqea-hodisalarni qalamga olishda ehtiyot bo‘lish lozim...

Nazdimda, (shartli ravishda, albatta) jinoyatchilikka qarshi kurashish — suvarak bosgan oshxonada hasharotlar bilan yakma-yakka jangga o‘xshaydi! Bittalab, ikki-uchtalab o‘ldiraverasan, yana allaqayerdan paydo bo‘lib kelaveradi...

Suvaraklarga qarshi dori (kimyoviy vosita) sepishni — profilaktika ishlariga mengziyman! Huquqbuzarlik profilaktikasida olib borilgan va olib borilayotgan ishlar, fikri ojizimcha, suvaraklarga qarshi kimyoviy ishlov berishdek ta’sir qiladi! Ularni ma’lum ma’noda yo‘q qiladi, ko‘payib ketishining oldini oladi.

Biroq bu samara vaqtincha! Kimyoviy vositaning ta’siri tugagach, “suvarakchalar” yana paydo bo‘laveradi... Vositaning “tadbir oralig‘i” va “kimyoviy tarkibini” kuchaytiraversangiz, o‘zingiz “zaharlanishingiz” mumkin...

Eng yaxshi usul — bu masalaning zamiriga kirib borish, uni ichidan o‘rganish, muammoning ildizini, ta’bir joiz bo‘lsa, tuxumini quritish... Aniqrog‘i, muammo paydo bo‘lishiga sharoit qoldirmaslik!

Buni qanday qilib zararli hasharotlarga qarshi kurashga mengzay olasiz, dersiz... Javob bor! Suvaraklarga qarshi kurashishning eng yaxshi usuli — oshxonani toza saqlash!!!

Non ushog‘i, chaqa yuvilgan idish, iflos ahlat chelagi bo‘lsa, suvaraklar boshqa dahadan bo‘lsa ham “tashrif buyuraveradi”...
Demakki, ahloqsizlikka qarshi jamoatchilikning, xususan jamiyatning kurashi — OILADAN BOShLANADI!

Muqaddas tuyg‘ular, milliy qadriyatlar beshiga ham OILA!
Yuqoridagi fikrlarga qo‘shilmaslikka haqlisiz... Biroq jamiyat a’zosi, ayniqsa, ijodkor sifatida o‘z nuqtai nazarimni bildirishga haqliman deb o‘yladim.

O‘tib borayotgan haftada Rossiya Federatsiyasining Sochi shahridagi MDH davlatlari sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z nutqida Oila instituti va uning an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi alohida to‘xtalib o‘tgani barchangizga ma’lum.

Bugungi globallashuv sharoitida har qanday davlat va jamiyatning asosini tashkil etadigan asl va fundamental qadriyatlarni unutmaslik lozimligi, o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi aynan oilada (!) olinishi, shuningdek, uning muammolar yechimida nechog‘li ahamiyat kasb etishi alohida e’tirof etildi.

Demakki, bu masala nafaqat O‘zbekiston siyosiy-ijtimoiy hayotida, balki xalqaro miqyosda dolzarb va ahamiyatli bo‘lib bormoqda.
Keling, bugun siz bilan rasmiy fikr-mulohazalardan biroz chekinib, masalaga birmuncha hayotiy yondashuv bilan mulohaza yuritamiz...

Ahloqsizlikning tub ildizi qayerda?
Jamiyatda bunday illatga qoldirilgan joy va imkon — nimaning hisobiga paydo bo‘lmoqda?

To‘g‘ri, hayotda hamma adashadi, hech kim va hech narsa mukammal emas (Yaratgandan o‘zga)!
Masalaning tub mohiyati borib-borib oila, oilaviy munosabatlar, erkak-ayol munosabatlari, jinsiy tarbiya, jinsiy madaniyat va milliy odob maktabiga borib taqaladi...

Bu haqda Siz bilan, aziz muxlis, turkumning keyingi maqolasida batafsil mulohaza yuritamiz.
Bizni kuzatishda davom eting!
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?