Urganchlik yuk mashina haydovchisi qo‘shnisini bosib ketdi...

1 daqiqa o'qish4K
Urganchlik yuk mashina haydovchisi qo‘shnisini bosib ketdi...
Atrofdagilarning og‘irini yengil qilish har bir shaxsning yuksak fazilat egasi ekanidan darak beradi. Biroq har bir harakatni o‘ylab, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish, xavfsizlik choralarini ko‘rish muhim hisoblanadi.

“Qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqargan”, aniqrog‘i birovga yaxshilik qilaman deb bexosdan unga zarar yetkazib qo‘ygan kishilar haqida eshitgansiz. Xuddi shunday holat Xorazm viloyatida sodir bo‘ldi...

15 oktyabr kuni Urganch tumanida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan M.Qurbanov o‘ziga tegishli bo‘lgan “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasida qo‘shnisi 1940 yilda tug‘ilgan B.Tojimovning sholi somonini daladan uyiga olib kelishda ko‘maklashmoqchi bo‘ladi.

Avtomashinaga somon ortish jarayonida, haydovchi orqaga harakatlanish paytida ehtiyot choralarini ko‘rmaganligi bois, avtomashina orqasida turgan qo‘shnisini bosib o‘tadi. Natijada 77 yoshni qarshilagan otaxon olingan tan jarohati tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilingan.

Manba: Qalampir.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?