2017 yil 13 oktyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 28 avgustda 5-2017-son buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur buyruq asosida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kun.uz ushbu o‘zgarishlarni tahlil qilib chiqdi hamda asosiy o‘zgarishlarni e’tiboringizga havola qiladi.
1-o‘zgarish: Nizomda joriy yildan ta’lim tizimi uchun yangilik bo‘lgan qabul kvotalaridan tashqari talabalikka tavsiya etilgan shaxslarning to‘lov-kontrakt to‘lash qoidalari ham aks etdi. Unga ko‘ra, oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasining qarori hamda OTMning abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingan sanadan qat’i nazar to‘liq to‘lanishi belgilandi.
2-o‘zgarish: Nizomda mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlardan kelib chiqib ayrim o‘zgarishlar kiritildi. Xususan, endilikda O‘zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar uchun chet et valyutasini milliy valyutaga ayirboshlaganligi to‘g‘risida tegishli hujjat taqdim etish talab qilinmaydigan bo‘ldi.
Bu nima degani? Avval O‘zbekistonda yashaydigan va yashamaydigan xorijiy fuqarolar uchun to‘lov-kontraktni to‘lashda 2 xil tartib bor edi. Unga ko‘ra, xorijiy fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt miqdori AQSh dollarida belgilanib, O‘zbekistonda yashaydigan xorijiy fuqarolar kontraktni Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mda to‘lardi. O‘zbekistonda yashamaydigan xorijiy fuqarolar ham so‘mda to‘lardi, faqat ulardan chet et valyutasini milliy valyutaga ayirboshlaganligi to‘g‘risida hujjatni taqdim qilish talab etilardi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda yashamaydigan xorijiy fuqarolar chet el valyutasini qimmatroqqa “qora bozor”da almashtirmasligi, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlatga topshirishini nazorat qilish uchun edi.
Bugunga kelib davlat kursi va “qora bozor” tenglashgan bir paytda ayirboshlash hujjati talab qilinmasligi, xorijiy fuqarolar kontrakt uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshirishlari haqida o‘zgartish kiritildi.
3-o‘zgarish: bundan buyon belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba kursdan qoldirilganda to‘lov miqdori o‘qishi davom etadigan o‘quv semestri uchun amalga oshiriladi.
4-o‘zgarish: Nizomga OTMlarida o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish yangi Nizom qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi to‘g‘risida o‘zgarish kiritildi.
Avval ushbu masala Moliya vazirining 2010 yil 19 noyabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida tartibga solinardi. Ushbu buyruq 2014 yil 15 dekabr kuni bekor qilinib, uning o‘rniga “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi yangi nizom qabul qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz