Londonlik advokat samolyot balandlikni keskin yo‘qota boshlaganida sevgan ayolidan unga turmushga chiqishni so‘rashga jazm etdi. Bu haqda «Daily Mirror»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Kris Jins sevimli ayoli Keysi bilan AirAsia aviakompaniyasi reysida Avstraliyadan Baliga parvoz qilayotgandi. U orolda sevganidan unga turmushga chiqishni so‘rashni niyat qilgan edi, biroq kutilmaganda parvozda nosozlik yuzaga keldi va uning rejalari o‘zgardi.
Natijada qolgan aviayo‘lovchilar dahshatdan baqira boshlagan, ekipaj kamarlarni bog‘lashni so‘rab salon bo‘ylab chopib yurgan bir paytda Kris Keysidan unga turmushga chiqishni so‘radi.
"Yaxshiki, u rozi bo‘ldi. Biz qarorimizni yerda yana bir marta takrorladik", - deya so‘zlaydi erkak.
Oxir-oqibat layner Avstraliyaning Pert aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. AirAsia voqeani texnik nosozlik sifatida baholadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi