Rishtonlik tadbirkor o‘z hisobidan xalq kutubxonasi ochdi

1 daqiqa o'qish6.1K
Rishtonlik tadbirkor o‘z hisobidan xalq kutubxonasi ochdi
Rishton tumanida yashovchi tadbirkor Dilshod Boltaboyev shahar markazidagi dehqon bozori hududida xalq kutubxonasi ochdi.

"Xalq so‘zi" gazetasi yozishicha, Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrda imzolangan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingach, tadbirkor anchadan beri o‘ylab yurgan niyati — bozor hududida bir kutubxona tashkil etish harakatiga tushib qoldi. Bu niyatini ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirib, buning uchun unga bosma kitoblar yuborish mumkinligini e’lon qildi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 28 yil to‘lgan kunda Rishton shahri markazidagi dehqon bozori hududida 400 ga yaqin kitobni jamlagan “Roshidoniy” nomidagi xalq kutubxonasi ochildi.

Kitoblar xalqdan yig‘ildi. Bu haqda tadbirkorning o‘zi shunday deydi:

"Prezidentimizning kitobga bo‘lgan yuksak e’tibori menga qanot bag‘ishladi. Mehr va ishtiyoq bilan kutubxona tashkil etishga kirishdik. Ochig‘i, 15 — 20 kunda bunchalik ko‘p kitob yig‘iladi, deb o‘ylamagandik. Javonimizga ba’zi kitoblar sig‘may ham qoldi. Taniqli yozuvchi va shoirlar o‘z asarlarini yuborishganida, ayniqsa, boshim osmonga yetdi. Kitob jo‘natgan ma’rifatparvar yurtdoshlarimizga rahmat".

Tadbirkor o‘z hisobidan kutubxonaga katta kitob javoni yasattirdi.

Yangi ish boshlagan kutubxonaning boshqalaridan farqi shundaki, unga a’zo bo‘lish shart emas. Bu yerda ma’rifiy kitoblardan tortib, Alisher Navoiy, Fyodor Dostoyevskiy, Aleksandr Dyuma, Chingiz Aytmatov, Abdulla Qahhor, O‘tkir Hoshimov, Abdulla Oripov asarlarigacha mavjud.

Kutubxonadan foydalanish bepul. Istagan kishi kitobni olib, o‘qishi mumkin.

Dilshod Boltaboyev oilali, ikki nafar farzandi bor. Kuz-qish mavsumida pechka, quvur, yozda esa asosan, banka sotish bilan shug‘ullanadi. U kutubxonada kitoblar ko‘paygach, kitoblarni imkoniyati cheklangan yoki kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun tarqatishni niyat qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?