Toshkentga sifatsiz go‘sht mahsuloti yetkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

2 daqiqa o'qish8.3K
Toshkentga sifatsiz go‘sht mahsuloti yetkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi
Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahriga yetkazib berilayotgan sifatsiz go‘sht mahsulotlari kanali aniqlangan. Dastlabki tergov-surishtiruv natijalariga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruh rahbari — 1977 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, H.B. 10 yillardan buyon shu noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan. Garchi sifatsiz go‘sht mahsulotini iste’mol qilgan kishilar hayoti xavf ostida qolishini bilsa-da, jinoiy guruh a’zolari o‘z harakatini davom ettiravergan.

Uyushgan jinoiy guruhning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan nuqta qo‘yilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Uyushgan jinoiy guruh a’zolari mahalliy veterinar, qassob hamda dallollar orqali o‘lishi aniq bo‘lgan bo‘lgan kasal chorvalar va harom o‘lib qolgan mollar to‘g‘risida ma’lumot to‘plashgan. Ana shunday har bir yetkazilgan xabar uchun 15 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha pul to‘langan.

Sifatsiz go‘sht mahsulotiga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani veterinariya bo‘limi xodimlari B.E. va N.S. tomonidan arzimagan 10–15 ming so‘m evaziga soxta ma’lumotnoma tayyorlab berilgan.

Guruh a’zolari har oyda kilosi 10–15 ming so‘m qiymatidagi o‘rtacha 25–30 tonna sifatsiz go‘sht mahsulotlarini Toshkent shahriga yetkazib kelishgan. Toshkentga keltirilishi nazarda tutilgan go‘shtlarga, avval, Zangiota tumanida tashkil etilgan yashirin sexda kimyoviy ishlov berilgan. Kimyoviy tozalash va chiroy berilgan go‘sht bozorlar rastalariga kilosining narxi 25–30 ming so‘mdan chiqarilgan.

Milliy xavfsizlik xizmati tezkor-qidiruv va tergov guruhi xodimlari tomonidan aniqlangan holatga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruhning 16 nafar a’zosi qo‘lga olinib, Toshkent shahar IIBB huzuridagi reabilitatsiya markaziga keltirilgan.

Aniqlanishicha, jinoiy guruh yetkazib bergan go‘shtlar Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod, Yashnobod, Shayhontohur tumanlarida faoliyat yuritadigan ayrim savdo markazlarida, jumladan, «Eski Jo‘va» dehqon bozori, «Asl sifatli ta’m» MChJ, «Tegen» do‘konlarida, YaTT «Mo‘minov Xusan Xursanjonovich»ga qarashli somsaxona, yakka tartibdagi tadbirkorlar «Fayziyev F.Z.»​, «​Kasimov G.G.»​ va boshqalarga tegishli qassobxonalarda sotuvga chiqarilgan. Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota va Olmaliq tumanida ham shunday vaziyat kuzatilgan.

Ma’lum qilinishicha, guruh rahbari H.B. orttirgan noqonuniy daromadi ortidan o‘zining hamda yaqin qarindoshlarining nomiga 4 ta avtomashina, Toshkent va Qashqadaryo viloyatida uy, restoranlarni rasmiylashtirgan.

Ayni paytda uyushgan jinoiy guruhga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov jarayoni davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ilgari Toshkentdagi go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona eshak go‘shti ishlatmoqchi bo‘lgani fosh qilingani haqida xabar bergan edik.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?