O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mamlakatda go‘sht, shakar va qandolat mahsulotlari narxining oshish sabablariga aniqlik kiritdi.
Ta’kidlanishicha, viloyatlar va tumanlarda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash komplekslarining yetarli darajada rivojlanmagani, fermer va dehqon xo‘jaliklarining mahsuldor chorva mollari bilan ta’minlanmagani hamda mahsuldor chorva mollarini yetishtirish sohasidagi ilmiy izlanishlarning yetishmasligi go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxining oshib ketishiga olib kelmoqda. Ozuqa-yem mahsulotlarini yetishtirish uchun yer maydonlarining yetishmasligi, yerlarning sho‘rlanishi, ozuqa-yem mahsulotlari tannarxining yuqoriligi, realizatsiya qilishdagi “vositachilar”ning ko‘pligi ham go‘sht mahsulotlari narxining qimmatlashuviga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun: 2017 yilda mol go‘shti 35,9 foizga, qo‘y go‘shti – 31,4 foizga, parranda go‘shti – 33,1 foizga oshgan.
O‘zA xabarida aytilishicha, shakar va qandolat mahsulotlari narxlari o‘sishining asosiy sababi o‘rganilganda ichki ishlab chiqarish quvvatlarining aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish imkoniyatiga ega emasligi, shakar mahsulotiga bo‘lgan mavsumiy tebranishlarni bartaraf etish maqsadida yetarli miqdorda shakar xom ashyosi importining amalga oshirilmaganligi aniqlangan. 2017 yilda shakar narxi o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 28,8 foizga oshgan.
Vazirlik mutaxassislarining aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonning turli hududlarida yirik savdo markazlari – supermarket va gipermarketlarning mavjud emasligi hamda tovarlar davlat xaridi tizimining yetarlicha rivojlanmagani iste’mol tovarlari narxining oshishida qo‘shimcha sabablar bo‘lgan.
Yirik savdo markazlari narxlarning barqaror saqlab turishda, iqtisodiyotda naqd pul muomalasini tartibga solish, samarali davlat xaridi tizimining joriy qilinishi esa iste’mol tovarlari bo‘yicha mavsumiy tebranishlarning oldini olish va shu orqali inflyatsiyani jilovlash imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi