09:23 / 25.02.2018
5 746

Iste’molchilar ko‘proq qaysi davlat organiga ishonadi?

Iste’molchilar ko‘proq qaysi davlat organiga ishonadi?
Foto: “Xabar.uz”
Ushbu savol bilan potrebitel.uz axborot resursi keng jamoatchilik o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi.

So‘rovda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zstandart” agentliklaridan birini belgilash imkoniyati berilgan.

So‘rov bir yil davomida o‘tkazildi.

Natijalarga ko‘ra ovoz eng ko‘p ovozni 56,6 foiz natija bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi egalladi. Ikkinchi o‘rinni esa 28,3 foiz natija bilan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi 10,4 foiz ovoz bilan uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni 4,7 foiz ovoz bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi egalladi.

O‘tkazilgan so‘rov natijalari O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatiga berilgan tabiiy bahodir. O‘tgan yili fuqarolar tomonidan Federatsiyaga 14 ming ta shikoyat arizasi kelib tushgan.

Mazkur murojaatlarning ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 4 milliard 397 million 410 ming so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Iste’molchilar ko‘proq qaysi davlat organiga ishonadi?