10:01 / 13.03.2018
7 714

Soliq qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi

Soliq qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib Behzod Musayev tayinlandi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.

Avval, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimida ham ishlagan Behzod Musayev 12 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlangan.

Bungacha, u 2010-2011 yillarda ham shu lavozimda faoliyat yuritgandi. Ayni paytda qo‘mita rasmiy saytida rais birinchi o‘rinbosari lavozimi vakant ekani ko‘rsatilgan.
Kun.uz axborot manbasining ma’lumotiga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi raisi sobiq birinchi o‘rinbosari Abdusalom Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida lavozimidan ozod etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi