
Farg‘ona shahrida yashovchi 23 yoshli yigit o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
"Farg‘ona shahrida 14 mart kuni soat 22-10larda Yurtparvar ko‘chasi 94-uyda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan M.Mirzadavlatov Motrudiy ko‘chasida joylashgan "Mirzadavlat" nomli oziq-ovqat savdo do‘koni yerto‘lasida o‘zaro janjal oqibatida 1968 yilda tug‘ilgan otasi Q.Ochildinovga pichoq urgan. Natijada Q.Ochildinov kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan", — deyilgan IIV xabarida.
Huquq tartibot xodimlari tomonidan M.Mirzadavlatov qo‘lga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar