
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 27 mart kuni voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq noxush hodisa qayd etildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga asosan Daryo nashri ma’lum qilmoqda.
Shu kuni soat 21:30 atrofida «Yoshlik» mahallasida yashovchi, 2005- yilda tug‘ilgan N.Ermatova uyda shkaf ichida saqlanayotgan buvasi D.Ermatovga tegishli tir pnevmatik miltig‘ini olib o‘ynayotganda bexosdan miltiq otilib ketadi. O‘q qizning singlisi, 2012 yilda tug‘ilgan E.Ermatovaning peshonasiga tegib, jarohat yetkazdi.
E.Ermatova Toshkent shahrida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent ViloyatiOhangaron ShahriYoshlik MahallasiNoxush HodisaBoshqarma XabariVoyaga YetmaganlarTir Pnevmatik MiltiqJarohat YetkazishSurishtiruv Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar