Buxoroda yuk vagonlarini qabul qilish va topshirish uchun “haq” talab qilgan temir yo‘l bekati boshlig‘i pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Kogon temir yo‘l bekatiga kelgan yuk vagonlarini o‘z buyurtmachilari yoki tegishli korxona va tashkilotlarga berish hamda o‘z vaqtida qabul qilib topshirish jarayonlarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli Kogon temir yo‘l bekati boshlig‘i yuklarni qabul qilib topshiruvchi mas’ul shaxslardan muntazam ravishda har bir vagon uchun 200 ming so‘m miqdorida pul talab qilib kelayotganligi bois, uning noqonuniy harakatlariga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat yuzasidan Buxoro viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Buxoro viloyat IIB TJXTB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar olib borilgan.
Uning davomida Kogon shahar, Zirabod ko‘chasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Buxoro MTUga qarashli Kogon temir yo‘l bekati boshlig‘i lavozimida ishlovchi M.K. o‘z xizmat xonasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tegishli yuklarni qabul qilib topshiruvchi mas’ul shaxsdan 200.000 so‘m pullarni tamagirlik yo‘li bilan qonunga xilof ravishda olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.
Ushbu holat yuzasidan M.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi