O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin vaqtlar ichida joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurishi kutilmoqda
«Kun.uz» bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda viloyat hududida tashrifga tayyorgarlik avjida — yo‘llarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Tashrif ko‘p ehtimol bilan haftaning shanba kunida amalga oshirilishi mumkin.
Prezident tashrif davomida viloyatning cho‘l hududi bo‘lgan Ulug‘nor tumanidagi Shahriston mahallasida «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishi, Andijon tumanida «Zamin Bio Health» jamiyati tomonidan yangi ish boshlagan insulin zavodi, «Milano tekstil» korxonasi, «Andijan Silk Co» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi, Asaka tumanida tashkil etilgan «Sabo hamkor» jamiyatida tashkil etilgan banan bog‘iga borishi kutilmoqda.
Prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflari vaqtida har bir viloyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim loyihalar yuzasidan tavsiyalar berib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?