15:42 / 01.06.2018
8 227

Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilishi bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilishi bilan tanishdi (foto)
Toshkent shahrining Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida Tashkent City xalqaro biznes markazi bunyod etilayotgani barchaga ma’lum. Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 6 aprelida bu yerga tashrif buyurib, inshootlarni zamonaviy va sifatli qilib qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Bugun 1 iyun kuni ham O‘zbekiston Prezidenti Tashkent City’ning qurilish ishlari bilan tanishdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Bugungi kunda mazkur zamonaviy markaz qurilishi yettita lotda jadal olib borilmoqda. Hozirgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, yer osti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan.

Xorijiy investorlar ham bu istiqbolli loyihada ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda. Bugungi kunda Tashkent City ma’muriy kengashi tomonidan qariyb 10 sarmoyador subyekt bilan hamkorlik tasdiqlangan. Ular orasida Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yirik qurilish kompaniyalari bor.

O‘zbekiston Prezidenti mazkur biznes markazi qurilishining borishi bilan tanishdi. Quruvchi va muhandislar, xorijlik mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Mehmonxona va kongress-xolda xalqaro tadbirlarni o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratish, zallarni bezatish va jihozlashda milliyligimizga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilishi bilan tanishdi (foto)