06:00 / 07.06.2018
3 974

Toshkentda sayl: vilosipedlar bepul taqdim etiladi

Toshkentda sayl: vilosipedlar bepul taqdim etiladi
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi 2018 yilning 9 iyun kuni Toshkent shahrining “Paxtakor” markaziy stadionida velosiped ixlosmandlari ishtirokida “Velosipedchilar sayli” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

“Velosipedchilar sayli”da O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan professional velosipedlar, sport anjomlari, sport formalari, sportchilarni quvvatlantiruvchi vositalar va oziqalar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Mazkur ko‘rgazmada Milliy terma jamoa murabbiylari, mutaxassislar va taniqli sportchilar master klass o‘tib berishadi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Velosipedchilar sayli”da velosiped haydash istagida bo‘lgan ishtirokchilar 16:00dan 19:00gacha pasportlari bilan ro‘yxatdan o‘tib, bepul velosiped olib, belgilangan hududda sayr qilishlari mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda sayl: vilosipedlar bepul taqdim etiladi