
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, kecha 8 iyun kuni mahalliy vaqt bilan kechki soat 22: 00 da Qamchiq dovoni orqali o‘tgan «Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-O‘sh» serqatnov yo‘lida kuchli sel kelishi tufayli loy ko‘chish hodisasi yuz berdi.
Ko‘chki bir nechta yengil avtomobillarni oqizib ketgan. Olti kishi turli darajada jarohatlar olib yaqin atrofdagi kasalxonaga yotqizilgan.
Ko‘chkining kengligi 80 metr, uzunligi 300 metr, balandligi 0,5 metrga teng bo‘lgan. Harakatlanishi qiyinlashib qolgan 4 ta «Isuzu» avtobusi, ikkita «MAN» yuk mashinasi va to‘rtta yengil avtomobil xavfsiz joyga ko‘chirildi. Ko‘chki natijasida qurbonlar kuzatilmadi.






“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar