5 160
Jismoniy shaxslar O‘zbekistonga bir oyda bir marta olib kira oladigan texnikalar ro‘yxati
Foto: «Gazeta.uz»
O‘zbekistonda 1 iyuldan boshlab davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temiryo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdoriy normalari joriy etiladi. Bu haqdagi tegishli qaror 22 iyun kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan.
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ushbu qaror «qonunga itoatkor fuqarolar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning murojaatlarini inobatga olgan holda, respublikamizning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, berilgan imtiyozlarni suiste’mol qilinishining oldini olish» maqsadida qabul qilingan.
Ro‘yxatdan asosan maishiy texnika buyumlari va ofis texnikalari o‘rin olgan bo‘lib, endi ularni 1 kalendar oyida chegarani birinchi marta kesib o‘tayotganda faqat 1 donadan olib o‘tish mumkin, deb yozadi «Gazeta.uz». Mahsulotlar ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin:
Xolodilnik;
Morozilnik;
Konditsioner;
Kir yuvish mashinasi;
Changyutgich;
Gaz plitasi;
Elektr plita;
Televizor;
Mikroto‘lqinli pech;
Duxovkali pech;
Elektr go‘sht qiymalagich;
Dazmol;
Fen;
Oshxona kombayni;
Telefon apparati, shu jumladan, qo‘l telefoni;
Kompyuter texnikasi;
Printer va ko‘p funksiyali ofis qurilmasi;
Planshet kompyuter;
Noutbuk;
Oshxona idishi.
Boshqa bir qator mahsulotlarga 1 kunlik cheklovlar o‘rnatilgan: spirtli ichimliklar, shu jumladan pivo — 2 litrgacha, tamaki mahsulotlari — 10 pachkagacha, atir va odekolonlar — 3 litrgacha, zargarlik buyumlari — 65 grammgacha.
Ro‘yxatda qayd etilgan har qanday tovar belgilangan norma va davriylikdan ortiq olib o‘tilganda o‘rnatilgan tartibda bojxona to‘lovlari undiriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi