5 192
Samarqand Davlat universiteti muallimi 12000 AQSh dollari miqdorida pora bilan qo‘lga tushdi
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Samarqand Davlat universiteti muallimi O‘tkir O‘tanovni jami 12 000 dollar miqdorida pora olayotgan mahal qo‘lga tushirishdi.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, viloyat ichki ishlar boshqarmasiga A. G. ismli ayol shikoyat arizasi bilan murojaat etib, O‘tkir O‘tanov ikki nafar abituriyentni universitetga kiritib qo‘yishi uchun 12 ming dollar pora so‘raganini bayon qildi.
Shu arizaga asosan boshqarma xodimlari tezkor tadbir tashkil etishdi. Natijada 1974 yili tug‘ilgan, ikki farzandning otasi, Samarqand Davlat universitetining professional ta’lim fakulteti muallimi O‘tkir O‘tanov porani qabul qilib olayotganda tutildi.
Ha, keyingi yillarda kirish imtihonlari jarayonida Samarqand Davlat universitetining ko‘p xodim va muallimlari pora bilan qo‘lga tushmoqda. Masalan, 2016 yili dotsent, assistent va talabadan iborat jinoiy guruh ikki abituriyentdan 16 ming dollar pora undirayotib qopqonga tushgandi. 2017 yili esa universitet fakultetlaridan birining dekani birovdan 23 ming dollar miqdorida pora olayotib qo‘lga tushgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi