Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning korteji kecha, 19 avgust kuni Bekabod shahridan Toshkentga qaytayotgan mahal YTHga uchragani, Bosh vazir Aripov va uning o‘rinbosari Sultonov shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Ayni damda ularning ahvoli yaxshi.
Bosh vazir o‘rinbosari – “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Alisher Sultonovning holati yaxshi, ortiqcha xavf yo‘q. Hukumat a’zosi shifokorlar nazoratiga olingan.
Tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, Alisher Sultonovda jiddiy jarohatlar yo‘q. Uning holati tiklanmoqda. Ma’lum qilishlaricha, u tez orada vazifasiga qaytadi.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, YTH Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan. Unda aytilishicha, Bekobod tumaniga ketayotgan Hukumat korteji yo‘liga Dehqonobod MFY yaqinida Damas avtomobili chiqib ketgan.
Ma’lumot uchun, ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning ahvoli yaxshi va Vazirlar Mahkamasida Qurbon hayitini munosib nishonlash masalasiga bag‘ishlangan videoselektor majlisini o‘tkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi