
Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarish uchun ham haydovchilik stajiga ega boʻlish talab etiladi, deb yozmoqda Kun nashri.
Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
Yoʻnalishsiz taksilarning haydovchilari yoʻnalishda ishlayotganda tegishli litsenziya kartochkasiga hamda yoʻlga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan va haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgilar qoʻyilgan yoʻl varaqasiga ega boʻlishi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar