Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonga tashrif uyushtiradi, deb xabar qildi Darakchi nashri.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning taklifiga binoan 2018 yil 3 sentyabr kuni tashrif bilan Qirgʻizistonga boradi”, - deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston rahbari Choʻlpon-ota shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiyzabon davlatlar hamkorligi kengashining sammitida ishtirok etadi.
Eslatib oʻtamiz, 3 sentyabr kuni Issiq-koʻl viloyatining Choʻlpon-ota shahrida Turkiyzabon davlatlar kengashining VI sammiti boʻlib oʻtadi.
Sammitda Qirgʻiziston rahbari Sooronbay Jeenbekov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkiya yetakchisi Rajab Toyiib Erdoʻgʻon ishtirok etishlari kutilmoqda.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ushbu yigʻilishda faxriy mehmonlar sifatida qatnashadilar.
Maʼlumot uchun: Turkiyzabon davlatlar kengashi - zamonaviy turkiy tilli davlatlarni birlashtirib turuvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Bosh maqsadi - aʼzo-davlatlar oʻrtasida koʻptomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Turkiy kengash 2009-yil oktyabr oyida Ozarbayjonning Naxchivan shahrida tashkil topgan. Tuzilma tarkibiga Ozarbayjon, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi