Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 sentyabrdagi qarori bilan Ulugʻbek Oʻktamovich Azizov Toshkent moliya instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Ulugʻbek Azizov 1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 1998 yilda Toshkent moliya institutini, 2007 yilda Yokogama Milliy universiteti (Yaponiya)ni tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Bunga qadar iqtisod fanlari doktori, professor Nizomiddin Hamroyevich Haydarov 2017 yilning 23 mayidan Toshkent moliya instituti rektori lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgandi.
1991 yil prezidentning farmoniga koʻra Toshkent xalq xoʻjaligi institutining Moliya-kredit va hisob-iqtisod fakultetlari negizida Toshkent moliya instituti tashkil etildi.
Institut hozirgi davrda moliya, bank, soliq, sugʻurta, qimmatli qogʻozlar va fond birjasi, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi, audit, menejment, kasbiy pedagogik tayyorgarlik kabi qator taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr va magistrlar tayyorlab kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi