08:01 / 23.09.2018
7 109

“Isitish” islomda bormi?

“Isitish” islomda bormi?
Savol: Yaqinda bir dugonamning folbinga borib, erini oʻziga “isittirib” kelganini eshitib qoldim. Shunaqa ishlarga shariatda ijozat bormi?

Javob: Koʻpgina kishilar sehr-joduga qoʻl urib, uni faqatgina harom ish deb hisoblaydilar. Ammo uning kufr ekanligidan ogoh emaslar. Shuning uchun aksari shirk va notoʻgʻri soʻzlar bilan koʻzbogʻlashlarni, erni ayolga (yo aksincha) isitish, sovutishni va hokazolarni oʻrganishga qiziqadilar. Vaholanki, ular aynan sehrdir.

Shariatimizda sehrgarlikning jazosi qattiq. Chunki sehrgar Alloh taoloni inkor etgan yo unga kufrona ish qilgan hisoblanadi. Binobarin, Paygʻambarimiz (s.a.v.) sehrni yetti mashhur halok etuvchi ulkan gunohlar qatorida sanaganlar. Moʻmin kishi dunyo va oxiratda pushaymon boʻladigan ishlardan saqlanmogʻi lozim.

Sehrgarlik haqida yana quyidagi hadisi shariflar vorid boʻlgan: “Uch kishi jannatga kirmaydi: aroqxoʻr, qarindoshchilikni uzgan va sehrni tasdiqlagan kishilar” (Imom Ahmad rivoyati).

“Jodu, koʻzmunchoq va sehr (issiq-sovuq) shirkdir” (Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati).

Har xil tagi puch soʻzlar bilan “duoxonlik” qilish ham man etilgan. Ammo Qurʼoni karim oyatlaridan oʻqib oʻziga yoki boshqa birovga dam solish shariatimizda bor narsa, Paygʻambar (s.a.v.) sunnatlaridandir.
“Dinda savolim bor” kitobidan.

Manba: Irfon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Isitish” islomda bormi?