Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlashda katta imtiyozlar berilmoqda

2 daqiqa o'qish7.7K
Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlashda katta imtiyozlar berilmoqda
Hech oʻylab koʻrganmisiz, bizda nega elektr energiyasi bahosi atrofimizdagi qoʻshni respublikalarga nisbatan biroz qimmatroq? Xususan, Qirgʻiziston va Tojikistonda elektr energiyasi tannarxi juda arzon tushadigan gidro elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qozogʻiston foydali qazilmalarga boy. Turkmanistonda barcha turdagi energiya tashuvchilarning narxi davlat tomonidan dotatsiya qilinadi — har qalay yaqin-yaqingacha bu yerda suv, svet va gaz tekin edi deb yozadi Kun.uz nashri.

Oʻzbekistonda elektr energiyasi koʻmir va gaz yoqilishi natijasida issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Boz ustiga, oʻzimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tobora kengayib borayotgan iqtisodiyotimiz ehtiyojlarini qoplay olmaganidan, uni qoʻshni Tojikistondan import qilishga ham majbur boʻlmoqdamiz.
Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlashda katta imtiyozlar berilmoqda
Yil oxiriga qadar Tojikiston Oʻzbekistonga jami 1,5 mlrd. kVt/soatdan kam boʻlmagan elektr energiyasi eksport qiladi. Ikki davlat elektr energiya kompaniyalari oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, Oʻzbekiston yoz mavsumida Tojikistondan olinadigan bir kilovatt energiya uchun 2 sent toʻlaydi.

Elektr energiyasiga boʻlgan talab yuqoriligidan va aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun uning qoʻshni davlatlardan import qilinishi hisobiga uning narxi bozor narxlariga yaqin kelgan.

Boz ustiga elektr tarmoqlari va uskunalari sobiq ittifoq davridan qolib ketgan va ularning aksariyati shu kungacha yangilanmagan. Elektr energiyasining soʻnggi isteʼmolchiga yetkazilishida katta miqdorda yoʻqotishlarga yoʻl qoʻyilmoqda. Aynan isrof miqdorining koʻpligi ham energo korxonalarining zarar bilan ishlashiga sabab boʻlmoqda.

Tabiiy gazni narxini olaylik. Oʻzimizda ishlab chiqarilgan tabiiy gazning aholiga oʻta arzonlashtirilgan narxlar sotib kelinayotgani ham sohada katta oʻgʻriliklar va korrupsiyaga yoʻl ochmoqda.

Gazni qazib olish, qayta ishlash va transportirovka qilish uchun davlat katta mablagʻ sarflaydi. Soʻnggi paytlarda yurtimizda gaz taʼminoti ham ancha izga tushib qoldi. Ammo aholi oʻrtasida gaz isteʼmoli boʻyicha qarzini oʻz vaqtida uzish oʻrniga nazoratchilarga pul berib oʻchirtirib yuborish ham odat darajasiga koʻtarilgan. Natijada, davlat ulkan zarar koʻrmoqda.

Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlashda ham katta imtiyozlar berilmoqda. 20 kg gaz ketadigan ballonlar 16 ming soʻm evaziga aholiga yetkazib berilmoqda. Holbuki, propan gazning 1 litri (1 kg gaz qariyb 2,5 l boʻladi) ASGQSHlarda 2500–3000 soʻmdan sotilmoqda. Avtomobillarga quyiladigan suyultirilgan gaz tadbirkorlar tomonidan xom ashyo birjasidan xarid qilinadi va narxlar talab va taklifga koʻra koʻtarilib tushib turadi.

Benzin bahosi ham Markaziy Osiyoda eng past narxlardan boʻlib turibdi. Garchi ayni kunlarda neft mahsulotlarining 70 foizi respublikamizga chetdan keltiriladi. Oʻzimizda ishlab chiqariladigan benzin va dizel yonilgʻisi aholi ehtiyojlarini qoplash uchun yetarli emas.

Albatta, energiya tashuvchilarning narxi davlat tomonidan past baholarda ushlab turilishi, davlat byudjetiga ogʻir yuk boʻlib tushadi. Bozor iqtisodiyotida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada boʻlishi narxlar talab va taklif asosida shakllantirilishi, faqat monopoliyaga yoʻl qoʻyilmasligi talab etiladi. Oʻzbekistonda ham bu borada bozor mexanizmlaridan foydalanishni joriy zaruriyati paydo boʻlmadimikan?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?