Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyeva Toj Mahalda (Fotogalereya)

1 daqiqa o'qish8.6K
Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyeva Toj Mahalda (Fotogalereya)
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 30 sentyabr kuni Agradagi Toj Mahal majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Hindistonga davlat tashrifini ushbu tarixiy obidadan boshlagani bejiz emas. Boburiylar merosi boʻlgan ushbu yodgorlik oʻzbek va hind xalqlarining tarixi mushtarakligi, ikki mamlakat aloqalari mustahkam asosga ega ekani ifodasidir.

Maʼlumki, Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari Hindistonda ulkan maqbaralar, qalʼalar, shaharlar bunyod etgan. Savdo, ilm-fan, madaniyat, memorchilikni rivojlantirgan. Toj Mahalni ham Bobur bobomizning avlodi Shoh Jahon qurdirgan.

Uning memoriy yechimi shunchalik murakkab va noyob boʻlganki, minglab quruvchilar tomonidan 20 yildan ziyod vaqt davomida barpo etilgan. Maqbara va minoralarning hamma joyi oq marmar bilan qoplangan. Yodgorlik yurtimizdagidek naqshlar va Qurʼon suralari bilan bezatilgan.

Toj Mahal dunyoning yetti moʻʼjizasidan biri sanaladi. 1983 yilda UNESCOʻning jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Bu tarixiy obida hamon goʻzalligi va muhtashamligi bilan butun dunyo sayyohlarini oʻziga jalb etadi. Bu yerga har yili qariyb 5 million turist keladi. Toj mahal Hindistonning turizm salohiyati, ayniqsa, agraliklar hayotida muhim oʻrin tutadi.

Maqbara ziyorati chogʻida Qurʼon tilovat qilindi.

Hindistonlik rasmiylar bilan muloqotda Prezidentimiz Oʻzbekistonda ham qadimiy obidalar, muqaddas ziyoratgohlar koʻpligi, ikki mamlakat oʻrtasida sayyohlar bordi-keldisini kengaytirish zarurligini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Davlat rahbari Nyu-Dehli shahriga joʻnab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyeva Toj Mahalda (Fotogalereya)
Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyeva Toj Mahalda (Fotogalereya)
Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyeva Toj Mahalda (Fotogalereya)
Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyeva Toj Mahalda (Fotogalereya)
Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyeva Toj Mahalda (Fotogalereya)
Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Mirziyoyeva Toj Mahalda (Fotogalereya)
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?