Surxondaryoda sud ijrochilari koʻz oʻngida qotillik sodir etildi

2 daqiqa o'qish7.4K
Surxondaryoda sud ijrochilari koʻz oʻngida qotillik sodir etildi
Oila qurish, u xoh qonuniy, xoh sharʼiy boʻlsin, har ikki yoshga oʻziga yarasha macʼuliyat yuklaydi, deb yozadi “Huquq” nashri.

1991 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan Mansur Kenjayev (ism-familiyalar oʻzgartirilgan) ham onasi topib bergan qizga sharʼiy nikoh bilan uylangach, roʻzgʻor tebratish tashvishiga tushdi. Tayinli hunari boʻlmagani sababli, Chirchiq shahriga kelib, dehqon bozorida aravakashlik bilan shugʻullana boshladi.

Turmushning oʻziga yarasha “musht”lari boʻla-di. Avvaliga risoladagidek yashagan yoshlarning oʻrtasiga koʻp oʻtmay, sovuqchilik tushdi. Er birni aytsa, xotini ikki bilan javob qaytardi. Orada xotini ikki-uch bor ota uyiga ketib ham qoldi. Mahalla hamda ota-onalar oʻrtaga tushib, ularni yarashtirib qoʻyishdi. Ammo oilaviy janjallar tugamadi. Mansur xotiniga qoʻl koʻtarishgacha bordi. Natijada sud tomonidan jarima jazosiga tortildi.

“Er xotinning urishishi — doka roʻmolning qurishi”, deyilganicha bor ekan. Koʻp oʻtmay ular yarashib, yana birga yashay boshlashdi. Biroq, bu uzoqqa choʻzilmadi. Janjallar yana avj oldi, xotini uyiga ketib qoldi. Bu paytga kelib, xotini oʻziga tegishli mol-mulkni qaytarishni soʻrab, sudga murojaat qildi. Sud tomonidan uning daʼvosi qanoatlantirildi.

2017 yilning bahori. Mansur bozorda arava tortib yurganida, uyidan chaqirib qolishdi. Uni xotini bilan qaynsinglisi hamda sud ijrochilari kutib olishdi. Sud ijrochilari oʻzlarini tanishtirib, sud qarori ijrosi yuzasidan kelishganini aytishgan edi, u roziligini bildirib, indamay bir chetga oʻtirdi. Ijrochilar xatlovni boshlashdi.

Bir mahal xotini ayrim buyumlari eskirib, urinib qolganini aytib, yangisini olib berishni talab qila boshladi. Unga singlisi ham qoʻshildi. Shu paytgacha jim oʻtirgan Mansur toʻsatdan asabiylasha boshladi. Qulogʻiga gap kirmay, miyasida turli fikrlar charx ura ketdi. Xonada nimalar boʻlayotganini idrok etolmay, yon-atrofiga alangladi-yu, koʻzi bir chetda yotgan pichoqqa tushdi. U pichoqni qanday oldi, qanaqa qilib qaynsinglisining koʻksiga sanch­di, oʻzi ham bilmay qoldi. Qaynsinglisi eshik tomon qochganida esa qoʻrquvdan dong qotgan xotiniga yuzlandi-da, endi unga pichoq bilan tashlandi. Xotini yiqilganidan keyin ham unga ketma-ket zarba berdi. Qimirlamay qolgach, pichoqni tashlab yubordi. Oʻzi tash­qariga chiqib, bir chetga oʻtirdi.

Toʻsatdan yuz bergan hodisadan dahshatga tushgan ijrochilarning biri militsiyaga, bosh­qasi tez yordamga qoʻngʻiroq qildi. Yana biri esa mashinasida borib, qishloq tez tibbiy yordam shoxobchasi feldsherini olib keldi. Feldsher opa-singilni tekshirib koʻrgach, oʻlim holatini qayd etdi. Koʻp oʻtmay, tez yordam hamda ichki ishlar xodimlari ham yetib kelishdi…

Sud jahlini jilovlay olmay, arzimagan buyumlarni deb, ikki insonning hayotdan bevaqt koʻz yumishiga sababchi boʻlgan Mansur Kenjayevga 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?