Buxoroda paxtani payhon qilgan qoʻylar soʻyilib, goʻshti tarqatildi
1 daqiqa o'qish4.1K
My Webpage
Foto: “buxoroiib.uz”
1 oktyabr kuni soat 07:00larda Buxoro viloyati Peshku tumani Xurram mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi, 1965 yilda tugʻilgan fuqaro T.T. hamda shu manzilda yashovchi N.Y.lar oʻzlariga tegishli boʻlgan 6 bosh qoʻy va echkilarini qarovsiz qoldirishgan. Oqibatda ushbu chorva mollari “Nodirbek Dilnura” fermer xoʻjaligiga qarashli paxta dalasini payhon qilganligi aniqlangan.
Viloyat IIB rasmiy saytida maʼlum qilishinicha, bir bosh qoʻy va bir bosh echki soʻyilib, hududdagi kam taʼminlangan oilalarga tarqatilgan.
Shuningdek, 4 oktyabr kuni Buxoro tumani Talaliyon mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi, 1974 yilda tugʻilgan fuqaro Sh.T. oʻziga tegishli boʻlgan 1 bosh yirik shoxli qoramoli va bir bosh qoʻyini “Yurinpoyon yeri” fermer xoʻjaligiga qarashli paxta dalasida boqib payhon qilganligi aniqlangan. Bir bosh qoʻy soʻyilib, hududdagi 38-son maktabgacha taʼlim muassasasiga topshirilgan.
Ikkala holat yuzasidan ham Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 104-moddasiga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

- #Buxoro Viloyati
- #Peshku Tumani
- #Xurram Mahalla
- #Nodirbek Dilnura
- #Talaliyon Mahalla
- #Sh.T
- #Oʻzbekiston Respublikasi
- #Maʼmuriy Javobgarlik
- #Chorva Mollari
- #Paxta Dalasi
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…