2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 1961 kishini, doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 14195 kishini tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning taqsimlanishi quyidagicha ko‘rinishga ega: Qozog‘iston – 31%, Tojikiston – 28,3 va Rossiya – 25,3%. Shuningdek, Turkmaniston – 3,7%, Qirg‘iziston – 2,4%. Yana 9,3% – boshqa mamlakatlar deb yozmoqda Kun.uz nashri.
O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning taqsimlanishi esa shunday aks etdi: Qozog‘iston – 48,1%, Rossiya – 46%, AQSh – 1,3%. Undan keyingi pog‘onalarni Isroil – 0,7%, Qirg‘iziston – 0,5% bilan joy oldi. Yana 3,4% boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Avvalroq 9 oyda 14 ming kishi doimiy yashash uchun O‘zbekistondan ko‘chib ketgani aytilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

2019 yilda O‘zbekistondan qancha odam chet davlatlarga ko‘chib ketgan?

O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketyapti?

O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?

O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani ma’lum qilindi

Qoraqalpog‘istondan odamlar ko‘chib ketishyaptimi?

2017 yilda 22 ming 600 nafar o‘zbekistonlik xorijga ko‘chib ketgan