18:10 / 16.10.2018
4 994

Qashqadaryoda Xalq qabulxonasi xodimi​ pora bilan qo‘lga olindi​ (video)

Qashqadaryoda Xalq qabulxonasi xodimi​ pora bilan qo‘lga olindi​ (video)
Qashqadaryo viloyatining “Suvoqava” davlat unitar korxonasi mutaxassisi, K.N. xususiy korxona rahbariga qurilish uchun ob’ekt ajratilishi masalasini hal etishni va’da qildi va buning uchun 14 ming AQSh dollarini so‘radi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” kanalida lavha berildi.

K.N. choyxonada 9 ming AQSh dollarini olayotganda DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Qo‘lga olingan shaxsning aytishicha, tanishlari katta hajmdagi qurilish ishlari bahosini 10 ming AQSh dollar ekanligini aytgan, o‘zining o‘rtakashlik xizmatlarini esa 4 ming AQSh dollarga baholagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda tergov olib borilmoqda.

Ushbu mutaxassis “Suvoqava” DUKning viloyat Xalq qabulxonasidagi vakili etib belgilangan edi.

Mazkur voqea xususida tayyorlangan videolavhani quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda Xalq qabulxonasi xodimi​ pora bilan qo‘lga olindi​ (video)