
Yunusobod tumanida gaz idorasi xodimi xonadonini gaz tarmog‘iga ulab berishni va’da qilib, fuqarodan 1 mln. so‘m va 300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotganda ushlandi.
Toshkent shahar hududiy gaz ta’minot filiali 7-sonli Yunusobod tumanlararo gaz ta’minoti xodimi I. Roziqov firibgarlik uchun qo‘lga olindi, deya xabar qildi O‘zA.
Uning noqonuniy harakatlari yuzasidan fuqaro L. Abduqodirov Majburiy ijro byuroning Toshkent shahar Yunusobod tuman bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan.
Murojaat bo‘yicha tekshirishda, I. Roziqovning L. Abdulqodirovning xonadonini tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berish va tegishli tashkilotlardan hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan kelishuvga ko‘ra, 1 mln. so‘m va 300 AQSh dollari miqdoridagi naqd pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Holat bo‘yicha I. Roziqovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar