Vazir A.Komilov qaynotasi Sharof Rashidovning tug‘ilgan kuni sabab o‘g‘li va nevaralarining suratini e’lon qildi

Vazir A.Komilov qaynotasi Sharof Rashidovning tug‘ilgan kuni sabab o‘g‘li va nevaralarining suratini e’lon qildi
Foto: Instagram / @a.h.kamilov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Instagram’dagi sahifasiga Sharof Rashidovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan post qoldirdi. Ushbu postga Komilovning o‘g‘li, kelini va nevaralarining surati ilova qilingan.

«6 noyabr – Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni. Uning nevarasi Doniyor Komilov turmush o‘rtog‘i Asal, o‘g‘li Amir va qizi Amal bilan (Sharof Rashidovichning evaralari). Toshkent, 2017 yil. Oila arxividan», — deb yozdi Abdulaziz Komilov.

Ma’lumot uchun, Abdulaziz Komilov Sharof Rashidovning kuyovidir. U Sharof Rashidovning qizi Gulnora bilan oila qurgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar