23:47 / 09.11.2018
7 128

Toshkent viloyati IIB boshlig‘iga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent viloyati IIB boshlig‘iga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi
9 noyabr kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga uch o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, podpolkovnik Rustamjon Do‘stmatov viloyat IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Aliaxmed Choriyev IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Azizxon Agzamov IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Oktyabr oyida Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abdumalik Allamurodov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga polkovnik Tohir Aripov tayinlangandi.

Bundan tashqari, Bo‘ka tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Ilhomboy Xudaybergenov tayinlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati IIB boshlig‘iga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi