23:14 / 13.11.2018
3 441

Bosh prokuratura 10 oy davomida pora taklif etilgan 81 holatni fosh etdi (video)​

Bosh prokuratura 10 oy davomida pora taklif etilgan 81 holatni fosh etdi (video)​
Ko‘p hollarda pora olgan mansabdor shaxslarni qoralaymiz. Lekin pora berish ham pora olish kabi jinoyatdir.

Keyingi paytlarda bunday holatlar tez-tez qayd etilmoqda. Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2018 yilning 10 oyi davomida Bosh prokuratura Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi va boshqa bo‘linmalar xodimlariga pora taklif qilish bilan bog‘liq 81 holat fosh etilgan.

Taklif etilgan poralarning umumiy miqdori 28,1 ming dollar va 49 million so‘mni tashkil etgan. Har bir holat bo‘yicha jinoyat ish ochilgan.

Mazkur holatlar haqida tayyorlangan videolavhani quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura 10 oy davomida pora taklif etilgan 81 holatni fosh etdi (video)​