2019 yil 1 yanvardan ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinib, davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish belgilandi.
Manbada aytilishicha, ko‘chmas mulkni ijaraga bermoqchi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar yoki noturar mulklarini ijaraga berishda ikki tomonlama ijara shartnomasi tuzishlari va shartnomani davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishlari shart.
Ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish ikki xil usulda:
– Davlat soliq qo‘mitasining my.soliq.uz saytidagi “Ijara shartnomalarini hisobga olish” interaktiv xizmatlari orqali;
– Jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi yoki yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tgan joyidagi davlat soliq inspeksiyalariga belgilangan shakldagi so‘rovnomani taqdim etishi orqali amalga oshiriladi.
Ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. Ijara shartnomasi;
2. Jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Shartnomani hisobga qo‘yish uchun soliq organlari tomonidan hech qanday haq olinmaydi.
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibiga rioya etmaslik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-1-moddasiga asosan eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Turon24 Davlat soliq qo‘mitasi mas’uli Muzaffar Nazarov bilan bog‘lanib, ijara shartnomasi mavjud bo‘lgan va uning muddati 2019 yil 1 yanvargacha tugamagan holatda qanday yo‘l tutish mumkinligi haqida so‘radi.
“Ko‘chmas mulk bo‘yicha ijara shartnoma muddati hali tugamagan shaxslar yangi tartibga ko‘ra, tuman soliq bo‘limiga borib, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak”, – deb javob berdi qo‘mita xodimi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi