15:18 / 03.12.2018
7 987

Murod Xonto‘rayevni shifoxonadan niqoblangan shaxslar olib ketdi (video)

Murod Xonto‘rayevni shifoxonadan niqoblangan shaxslar olib ketdi (video)
26 noyabr kuni Murod Xonto‘rayev ofisida qora niqobli noma’lum shaxslar tomonidan pichoqlanib ketilgani haqida xabar bergan edik. Pichoqdan 9 marta jarohatlangan sportchi 1-son shahar klinik shifoxonasiga joylashtirilgan edi.

Murod Xonto‘rayevning shifoxonadan yana qora rangli maxsus liboslar va niqob kiygan kishilar olib ketayotgani tasvirlargan video tarqaldi. Tasvirdan ko‘rinib turibdiki, bu gal qora niqoblilar huquq-tartibot idoralari xodimlari. Xonto‘rayev o‘tirgan avtomobildan ham buni anglash qiyin emas.

Murod Xonto‘rayev shifoxonadan nega va qayerga olib ketilgani ma’lum emas. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi ham mazkur video bo‘yicha rasmiy bayonot bergani yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida, sportchi Murod Xonto‘rayev 1987 yilda tug‘ilgan. U muqaddam 2011 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani JIB sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi “b” bandi va 104-moddasi, 3-qismi “g” bandi bilan sudlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Murod Xonto‘rayevni shifoxonadan niqoblangan shaxslar olib ketdi (video)