2019 yilga nom berildi(mi)?

1 daqiqa o'qish35.6K
2019 yilga nom berildi(mi)?
Foto: «Hotel Bamby»
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi bag‘ishlangan tadbirdan so‘ng, internet tarmog‘ida davlat rahbarining 2019 yilga nom bergani haqida mish-mishlar tarqalib ketdi. Hatto ayrim sahifalarda «2019 yil Tibbiyotni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilingani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ham mazkur masalaga to‘xtalib o‘tdi.

«Uzoq yillar davomida Konstitutsiya bayrami arafasida kelgusi yilga nom berilishiga ko‘nikib qolgan edik. Bu o‘ziga xos an’anaga aylangandi.

Lekin o‘tgan yildan boshlab, kelgusi yil nomi Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlangan tadbirda emas, balki Prezidentning Oliy Majlisga taqdim etadigan murojaatnomasida ma’lum qilinadigan bo‘ldi. Joriy yilda ham ana shunday murojaatnoma bo‘ladi (bu haqida Prezident o‘z nutqida ta’kidlab o‘tdi) va yil nomi ham ana shu murojaatnomada aytilishi kutilmoqda. Murojaatnoma qaysi sanada bo‘lishi hozircha ma’lum qilinmadi.

Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda tarqab yurgan yil nomi haqidagi xabarlarga ishonmang. Balki rostdan sog‘liqni saqlash sohasiga oid yil bo‘lishi ham mumkin (lekin bunaqa yil ilgari ko‘p bo‘lgan), bu menga qorong‘u. Ammo rasman yilga nom berilgani 100% yolg‘on» deya yozadi huquqshunos.

Demak, 2019 yilga rasman hali hech qanday nom berilmagan va bu haqda tarqalgan xabarlar asossiz.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?