Dilshoda Rustamjonova: «Shunaqa xunuk qiz, kim shu qizga uylanarkan, deb gapirishgan»

Aktrisa va bloger Dilshoda Rustamjonova Darakchi nashriga bergan intervyusida tashqi ko‘rinishi sabab unga nisbatan bildirilgan xunuk fikrlar haqida gapirdi. Uning aytishicha, bir safar taksida ketayotganida o‘zi haqidagi «xunuk qiz» degan gaplarni eshitib qolgan.
Aktrisa o‘sha voqeani eslar ekan, o‘sha paytda haydovchilik guvohnomasini olish jarayonida qiynalgani va shuning uchun taksidan foydalanganini aytib berdi. Suhbat davomida u begonalarning tashqi ko‘rinishi haqidagi fikrlari unga qanday ta’sir qilgani, shuningdek, go‘zallik borasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bir marta taksiga chiqqanman. O‘sha paytda prava olish azob edi, hali haydovchilik guvohnomam yo‘q edi. Shunda: “Shunaqa xunuk qiz, kim shu qizga uylanarkan?” degan gapni eshitganman. Hech uyalmay, betimga shunaqa degan. Men kimga chiroyli ko‘rinishim kerak? Albatta, turmush o‘rtog‘imga. Sizlar uchun go‘zal va betakror ko‘rinish, dabdabali kiyinish, baland poshnali tufli kiyib, kipriklarimni o‘stirish niyatim yo‘q», — dedi Rustamjonova.
Aktrisaning fikricha, insonning tashqi ko‘rinishi boshqalarning bahosi bilan o‘lchanmasligi kerak. U o‘zini hammaga yoqishga majbur deb hisoblamasligini, eng muhimi, o‘ziga qulay bo‘lish va yaqin insonining mehrini his qilish ekanini ta’kidladi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…