21:48 / 10.12.2018
5 935

Nukusda 1-sinf o‘quvchisi "Kobalt" avtomashinasi yutib oldi

Nukusda 1-sinf o‘quvchisi "Kobalt" avtomashinasi yutib oldi
Nukus shahrining Otchopar maydonida Hosil bayrami munosabati bilan qator musobaqalar tashkil etildi.

Bayram tomoshalari arqon tortish musobaqasi bilan boshlandi. Unda Chimboy tumani birinchi, Qo‘ng‘irot tumani ikkinchi, Amudaryo tumani sportchilari uchinchi o‘rinni egalladi.

Bosh sovrin uchun gilamga kurash bo‘yicha bir necha bor Qoraqalpog‘iston chempioni, jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni shumanaylik Miyirbek Abdixaliqov va kurash, dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni, Xo‘jayli tumanidan Zarapatdin Turdimuratovlar chiqdi. Bir-biriga munosib polvonlar bellashuvida Zarapatdin Turdimuratov g‘olib chiqib, bosh sovrin Prezidentimizning sovg‘asi “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Otchopar maydoni bo‘ylab otda bir, besh, yetti, o‘n aylanish musobaqasini ko‘pchilik qiziqish bilan kuzatdi. O‘n aylanish bo‘yicha marraga birinchi bo‘lib Qorao‘zak tumanidagi 3-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi Aysuluv Shalabayeva yetib keldi. G‘olibaga bosh sovrin – “Cobalt” avtomashinasining kaliti topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukusda 1-sinf o‘quvchisi "Kobalt" avtomashinasi yutib oldi