15:20 / 14.12.2018
3 710

O‘zbekistonda energetik ichimliklar realizatsiyasi tartibga solinadi

O‘zbekistonda energetik ichimliklar realizatsiyasi tartibga solinadi
Senatning o‘n yettinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.

“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, qonunga muvofiq endilikda jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab tilanchilik bilan shug‘ullanish avvaliga ma’muriy keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

Bunda qonunchilikka tarkibida 150 mg/l.dan ortiq miqdorda kofein va (yoki) inson organizmiga tonusni o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdordagi boshqa komponentlar mavjud bo‘lgan ichimliklar energetik ichimliklar hisoblanishi haqida qo‘shimcha ham kiritildi.

“Reklama to‘g‘risida”gi qonun ham energetik ichimliklar reklamasiga qo‘yiladigan talablar bilan to‘ldirildi.

Xususan, bu kabi mahsulot reklamasida bunday ichimliklarni haddan ziyod iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo‘lishi kerak, energetik ichimliklar reklamasini soat 7:00 dan soat 22:00 ga qadar televideniye va radio orqali reklama qilish taqiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, qonun kuchga kirishi uchun prezident tomonidan imzolanishi va belgilangan tartibda rasman e’lon qilinishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda energetik ichimliklar realizatsiyasi tartibga solinadi